1. Dastlab bemor shifokor oldiga kelganda shifokor bemorni tashqi ko‘rinishi(tana holati, teri rangi, jismoniy formasi, ko‘zlari va boshqalar), nafas olishi, harakatiga baho bergan holda dastlabki tashxisni shakllantiradi.

2. Bemordan shikoyatlari, kasallik tarixi, hayot tarixi va savol javoblar asosida kasallik shakllanishi va belgilarini aniqlab oladi.

3. Bemorni ko‘rikdan o‘tkazadi, bunda shikoyatlaridan kelib chiqib palpatsiya, perkussiya va stetoskop yordamida auskultatsiya qilish, yurak qon tomir, nerv tizimi, ayirish tizimi, ovqat hazm qilish tizim va boshqa tana tizimlarni tekshiruvdan o‘tkazib chiqadi.

3. Bemorga laborator va instrumental tekshiruvlar yozib, natijasini tahlil qiladi.

4. Bemor yuqoridagi barcha maʼlumotlarni birlashtirgan holda taqqoslama tashxis qo‘yish yo‘li bilan yakuniy diagnozni shakllantiradi.

5. Bemorga davo uchun nomedikamentoz va medikamentoz davo belgilaydi.

Mana shu yerdan boshlab keling debat(munozara) uyushtiramiz, sizning o‘riningizdan o'zim kritik(tanqidchi) sifatida berish mumkin bo'lgan barcha - eng oddiydan tortib eng qiyingacha bo'lgan argumentlarni(da'vo) berib so'ng unga javob berib chiqaman. Shuningdek keltirilayotgan har bir fikr va g'oya manbalari havolasi bilan keltirilgan holda isbot asosida gapiriladi.

-SI bu odam emas, u gaplarimizni tushunmaydi

Bu fikr allaqachon o'tmish, quyidagi maqolada matndan matn yaratuvchi neyron tarmoqlar haqida o'qib chiqing, hozirgi zamonda ChatGPT kabi transformerlar nafaqat semantik balki logistik aloqa qura oladi. Oddiy qilib aytsa sun'iy idrok allaqachon odam kabi fikrni tushunish qobiliyatini olgan. Aynan shu so'zlarga e'tibor bering, allaqachon SI so'zlarning konnotatsiya va denotatsiyasigacha tahlil qilishni o'rgangan(Denotatsiya — so'zning to'g'ridan-to'g'ri ma'nosi, konnotatsiya esa so'zning qo'shimcha yoki yashirin ma'nosi).

Keling misol sifatida ChatGPT bilan xuddi shifokor bilan gaplashgandek gaplashamiz:

E'tibor qilayotganingizdek SI meni shikoyatimni tushunib menga yaxshiroq yordam bera olish uchun savollar berib boshladi.

-Shifokor kitob o‘qib bilimini oshira oladi va o'z ustida ishlay oladi

Ha albatta, shifokor to'xtovsiz o'zini ustida ishlab boradi, bemorlar bilan ishlab tarjibasini oshira oladi. Gap shunda SI ham xuddi shu kabi bilim ola oladi, tajribani matnga aylantirsak SI o'zlashtira oladigan holatga keltirgan bo'lamiz.

Ammo bitta katta farq bor, SI odamdan ancha tezroq va ko'proq ma'lumot o'zlashtira oladi. Qay darajada deysizmi? - soddaroq bo'lishi uchun keling 100 betli kitobni olamiz, agarda inson minutiga 200 tadan 400 tacha so'z o'qiy olsa, 2 saotdan 5 saotgacha zarur bo'lishi mumkin. SI gachi? - 1-2 soniya. Tushunyapsizmi? SI ni o'zlashtirish qobiliyati 100,1000 va 1000000 martagacha odamnikidan tezroq.

Endi keling hozirgi Open AI GPT o'zlashtirgan ma'lumotlarni inson o'zlashtiraman desa qancha vaqt ketishini hisoblab ko'ramiz, albatta Open AI bu ma'lumotni sir saqlasada taxminan 13 milliard token ma'lumotlar asosida o'qitilgan. Endi qiziq matematika:

Bir daqiqada inson o'rtacha 250 ta so'z o'qiy oladi.

250*60(minut) = 15 000 so'z soatiga

15 000 * 24(saot) = 360 000 so'z kuniga

360 000 * 365(kun) = 131 400 000 so'z yiliga

Endi umumiy ketadigan vaqtni hisoblaylik:
13 000 000 000 000 / 131 400 000 = 98 800 yil

Boshqacha qilib aytsa inson GPT-4 kabi bilimga ega bo'lish uchun 98 800 yil to'xtovsiz uxlamasdan ovqatlanmasdan o'qishi kerak bo'ladi.

-Shifokor bemorni ko'rib tashxis qo'ya oladi, axir tashqi ko'rinishga e'tibor bermasdan bemorni ko'rish mumkin emasku...

So'zsiz, ammo SI buni insondanda aniqroq qila oladi. Computer vision haqida maqolada SI har qanday tasvirni o'qiy olishi haqida gaplashgandik, ammo SI kasal bemorni sog'dan ajrata oladimi? Albatta ha, SI ga sog'lom va kasal bemorlar rasmlari asosida o'qitilgandan so'ng nafaqat kasalni ajratish, balki bu ayni qaysi kasallik ekanini tashxis qo'yish imkonigacha ega bo'ladi.

E'tiborli tomoni shundan iboratki, buni insondan yaxshiroq qila oladi. Qanday deysizmi? AI uchun har qanday tasvir bu raqam, u o'qish vaqtida qanchalik ko'p kasallik variantlarini ko'rgan bo'lsa shunchalik odam e'tibor berib topa olmaydigan kasalliklarni ham topa oladi.

-Laborator va instrumental tekshiruvlarsiz diagnoz qo'yib bo'lmaydi

SI qo'ymaydi ham, SI allaqachon ikkisini ham judayam yuqori aniqlikda tahlil qilish imkoniyatini olgan.
Keling shunchaki bitta LLaVa-Med imkoniyatlarini ko'rib chiqaylik: Rentgen, KT (Kompyuter tomografiya), MRT (Magnit-rezonans tomografiya), Ultrasonografiya (Ultratovush tekshiruvi), Mammografiya, Gistopatologiya va mikroskopiya, Endoskopiya va laparoskopiya, Dermatologiya, Fundus fotografiya, OKT (Optik koxerens tomografiya), EKG (Elektrokardiografiya), Exokardiografiya, Spirometriya, Suyak zichligi tekshiruvi (DEXA) va bular hammasi emas. Agarda nima haqida gap ketayotganini tasavvur qila olmagan bo'lsangiz:

 

Shunchaki chatga rasm yuklayapsiz va natijaga esa to'laqonli xulosa olyapsiz. Laboratoriya haqida esa gapirmasak ham bo'ladi, chunki yerda rasm emas son, SI bemalol 60 gemoglobin past ekanligini va bu holat qaysi kasalliklarda bo'lishini ayta oladi.

-Bemorlar inson bilan gaplashgisi keladi, shikoyatini yozgisi emas aytgisi keladi, ko'zi ojiz odamlarni hisobga olish kerak

Bunga ham allaqachon erishilgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti yaratgan S.A.R.A.H. sun'iy idrokiga e'tibor bering:

JSST ushbu SI ni tamaki va alkogol tashashga harakat qilayotgan insonlar stressida yordam berishi uchun ayol avatari yaratishgan. Nutqni matnga o'girish(STT) texnologiyasi yordamida bemor o'z shikoyatlarini talaffuz qilishi mumkin, SI uni olib tushunib so'ng unga javobni Matnni nutqga o'girish texnologiyasi bilan javob qaytaradi.

Boshqacha qilib aytganda avatar odam bilan bemalol gaplashib o'tirishi mumkin. Zaboni cheklangan insonlar esa maxsus chatida matn shaklida ham suhbatlashishi mumkin.

-Shifokor bemorni ichki kechinmalari, kayfiyati, ruhiy holatini his qilib, uni tushunib yondashishi mumkin, SI da esa hissiyot yo'q

Hop, bemor tushkun holatda ekanini odam qayerdan biladi? Uni yuz ko'rinishi, mimikasiga e'tibor beradi, yoki ovozidan tushkun holatda ekanini tushuna oladi.

Buning uchun bizga shunchaki kamera va mikrofon kerak bo'ladi. Neyron tarmoqlarida Hissiyotlarni aniqlash(Emotion recognition) texnologiyasi mavjud:

Kamerangizdan olinayotgan tasvir asosida siz qanday kayfiyatda ekanini tushunib uni to'xtovsiz fikrlashga javob beruvchi Til moduliga uzatib turadi. U esa kayfiyatga asoslanib muomalani o'zgartiradi.

Undan tashqari Nutqdagi hissiyotni aniqlash(Speech Emotion Recognition) texnologiyasi mavjud bo'lib u yordami bemor ovozidagi kayfiyat tahlil qilib boriladi va u ham Til moduliga uzatilib turiladi.
Natijada SI bemorni kayfiyatiga qarab muomala o'zgartirishi mumkin va bu o'zgarish ovoz orqali ifoda qila oladi chunki Hissiyotli matnni nutqga aylantirish(Emotional text to speech) moduli mavjud bo'lib huddi odam turli hollarda turli ovoz bilan gapira olgani kabi, SI ham kerak muomala bilan(masalan qayg'urish) bilan gapira oladi.

Eslatib o'tamanki GPT modullariga suitsidal hollarda qanday munosabat qurish bo'yicha maxsus qo'llanmalar berib o'qitilgan bo'lib, o'z joniga qasd qilishga yoki davosiz kasallik tufayli tushkunlikka tushib qolishiga SI yo'l qo'ymaydi.

-SI ni qo'llari yo'q, u bemorni ushlab ko'ra olmaydi, uni yurak urishi, nafas olishi va boshqa belgilarini eshita olmaydi

Ha albatta, SI da jismoniy tan'a yo'q bularni amalga oshirish uchun, ammo unga sensorlar bersak masala hal. Forward kompaniyasi ishlab chiqqan SI shifokor ofisi:

Maxsus sensorlar tanani barcha muhim belgilarini tahlil qilib natijalarini bemor telefoniga qurilmasiga chiqazib beradi.

-SI oxir oqibat shifokorsiz bemorga jarrohlik yordamini bera olmaydi

Savolga savol bilan javob beraman, SI da shifokorda bor bo'lgan nima yo'q? Qo'lmi? Unda unga robot qo'llarini bersak bu ham savol emas.

Quyidagi kompaniyalar va ular yaratgan robotlar hozirgi kunda SI asosida shifokorsiz jarrohlik amaliyotini qilmoqda: Horizon-Polaris, Intuitive Surgical-da Vinci , Medtronic-Hugo, CMR Surgical-Versius, Stryker-Mako.

Ular hozirda ko'p turdagi operatsiyalar bajara olishadi, jumladan: Tizza va son bo'g'imini almashtirish, yurak klapanini almashtirish, o'sma rezeksiyasi, o't pufagini olib tashlash, bachadonni olib tashlash, buyrak toshlarini olib tashlash, katarakta operatsiyasi va boshqalar.

Adolat uchun aytish kerakki, ularni jarrohlik jarayonini xatolikka yo'l qo'yilmasligi hozirda shifokor nazorat qilib turibdi.

-Shifokorlarsiz ilmiy izlanishlar va kashfiyotlar bo'lmaydi, SI bunga qodir emas

Albatta, kashfiyotlar tajribalar va ijodkorlik asosida yaratiladi, ammo biz o'zimiz barcha ilmiy izlanish natijalarimizni maqola va tezislarga aylantirib internetga yuklab boramiz. Ularni barchasini o'qib chiqqan SI esa ular asosida bog'lanishni tushunib undanda ko'proq kashfiyotlar qila oladi. Halisin, Abausin kabi antibiotiklarni SI kashf qilganini eslash kifoya. Hozirgi zamonda bekteriyalar borgan sari mavjud antibotiklarga rezistentligi(chidamlilik) hosil qilayotganini hisobga olsak SI yangi avlod antibiotiklarni kashf qilishi odamzotni saqlab qolishi mumkin.

Masalan Insilico Medicine tomonidan kashf qilingan Pharma.AI dori ishlab chiqishda molekulani yaratish, uni testlash va moslashni o'zi amalga oshiryabdi.

Oddiyroq qilib aytsa maqsad aytilyabdi, SI o'zi qayta qayta urinishlar orqali kerakli dorini kashf qilyabdi, uni dastlab virtual so'ng esa amalda sinab, natijalarni esa tahlil qilib boryabdi. Undan tashqari bu izlanishni 2 barobar tezlashtiryabdi.

-Shifokor o'rnini bosuvchi SI ni ishlab chiqish judayam qimmatga tushadi, hech kim bunchalik sarfni qilgisi kelmaydi

Sog'liqni saqlash ham bu bir biznes, pul bor joyda esa doim gigantlar kirib boradi. Ulardan eng yorqini Google MedPalm-2 loyihasidir:

Va bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin: IBM Watson Health, Microsoft InnerEye, NVIDIA Clara va boshqalar.

Boshqacha qilib aytganda katta akalar ushbu sohani rivojlantirish uchun pulni ayamasliklari aniq.

Umid qilamanki yuqoridagi misollar asosida SI rostdan ham shifokor o'rnini bosish imkoniyati borligini isbotlab bera oldim. Endi esa munozarani yakunlab, o'z tavsiya va fikrlarimni ulashaman.

-Sun'iy idrokdan qo'rqish kerakmi? U bizni ishsiz qoldirishi mumkinmi?

Aslo yo'q, bu qabul qilish kerak bo'lgan fakt xolos. Judayam oddiy misol bilan tushintiraman:

18-asrda parli dvigatelning kashf qilinishi sanoat inqilobini boshlab berdi va bu o‘z navbatida insonlarning ishlash usulini tubdan o‘zgartirdi. Parli dvigatel qishloq xo‘jaliklariga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotdan, zavod va fabrikalarga asoslangan sanoatga o‘tishni tezlashtirdi. Buning natijasida ko‘plab qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi va yangi ish turlariga, xususan zavodlar va transport sohasidagi ish o‘rinlariga ehtiyoj paydo bo‘ldi.

Qo‘rqishning o‘rinsizligi: O‘sha davrda ham ko‘pchilik bu texnologiya tufayli ish o‘rinlarini yo‘qotishdan xavotir olgan. Biroq, aslida yangi texnologiyalar yangi imkoniyatlar va ish o‘rinlarini yaratdi. Parli dvigatel ishlab chiqarish tezligini oshirdi, transportni arzonlashtirdi va insonlarga o‘z hayotini yaxshilash uchun ko‘proq imkoniyatlar berdi. Dastlabki qarshiliklarga qaramay, bu texnologiya ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Sun'iy idrok va parli dvigatelning o‘xshashligi: Sun’iy intellekt ham o‘z davrining parli dvigateli kabi ko‘rilishi mumkin. Bu yangi texnologiya ayrim ish turlarini o‘zgartirishi mumkin, lekin shu bilan birga ko‘plab yangi imkoniyatlar, sanoatlar va xizmat turlarini yaratishi kutilmoqda. Texnologiya rivojlanar ekan, uning yordamida insoniyatning turmushi osonlashishi va murakkab vazifalarni hal qilishda katta yordam bo‘lishi mumkin.

-Sun'iy idrok qachon va qanday qilib shifokor o'rnini egallaydi?

Biz SI shifokor o'rnini egallashini davrlarga bo'lishimiz lozim:

1. Qisman o'rinni egallash, yoki shifokorlik osonlashadigan davr - bu davrda SI shifokorga yordamchi bo'lib xizmat qiladi, masalan radiologik tasvirlarni tahlil qilib beradi, bemorni kasallik tarixlari asosida taxminiy tashxis va davoni tavsiya qiladi. (yaqin 5-15 yil)

2. Chuqur kirib borish, yoki shifokor faqat nazorat qiladigan davr - bu davrda SI o'zi bemorni konsultatsiya qiladi, o'zi davo yozib beradi, robotlar o'zlari jarrohlikni amalga oshiradi, shifokor esa uni faoliyatini boshqarib nazorat qilib turadi. (yaqin 15-30 yil)

3. Mutlaq egallash, yoki ko'plab kasblarni yo'qolish davri - radiolog, terapevt, jarroh va boshqa ko'plab kasblar mutlaq SI qo'liga o'tadi. Shifokorlar kasbi transformatsiyaga uchraydi, shifokorlar SI ni o'qitish, robotlar aniqligini oshirish ularni rivojlantirish bilan shu'gullanuvchi kasbga aylanadi. (30-50+ yil)

Ammo bunday o'zgarishlar butun yer shari bo'ylab bir xil tezlikda amalga oshmaydi, chunki:

1. Iqtisodiy tomonlari: bunday texnologik sakrashni dastlab faqat rivojlangan davlatlar o'zida tatbiq qila oladi.

2. Qonuniy tomonlari: SI xatosi uni javobgarligi qonuniy jihatdan tasdiqlanishi ma'lum vaqt talab qiladi.

3. Ishonch tomonlari: insonlar SI ga ishonmasliklari, undan qo'rqishlari ancha vaqtgacha bu sohani rivojlanmasligiga sababchi bo'ladi.

-Hozirda tibbiyot yo'nalishida o'qishdan ma'no bormi? Yoki o'zimizni sun'iy idrokni o'rganishni urganimiz maʼqulmi?

-Yuqorida aytganimdek SI yaqin o'n yillarda shifokorlar o'rnini egallay olmaydi, aksincha SI shifokorlikni rivojlantiradigan damlarga yaqinlashyabmiz, shu sababli bu soha talab yuqori bo'lgan sohalardan bo'lib qolaveradi.

-Tibbiyotda SI ni boshqarish uchun ham sizga tibbiy bilimlar zarur, shu sababli o'qing, yo'ldan chalg'imang.

-Sun'iy idrok haqidagi bilimingizni oshiring. Undan effektiv foydalanishni o'rganing.

 

Sun'iy idrokni ishlatuvchi inson bo'ling, aks holda u sizni ish o'rnizni egallaydi. Sizlar bilan shifokorlikdan voz kechmagan AyTichi Jalilov Shamshod