Creative Strategies kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra SI ovozli assistentlardan foydalanuvchilarning 79% qismi ayol ovozini afzal ko'rishar ekan. Buning sababini bilish uchun biroz oldinroqqa nazar solsak.🔍
Ancha yillardan buyon mijozlarga xizmat ko'rsatish tarmoqlarida ko'plab ayollar ishlab kelishmoqda. Mijozlar o'z muammolari bilan aloqaga chiqishganda asosan ayol ovozi ularga xushmuomalalik bilan javob berib, muammolariga yechim berishgan. Bu holat hozirgi texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan davrimizda, shunchaki SI yordamida yangicha ko'rinishlarda tatbiq qilinmoqda.

Stanford Universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, erkaklar ham, ayollar ham ayol ovozini do'stona va ishonchli deb hisoblashar ekan. Bu nafaqat zamonaviy odatlar; balki insonning dastlabki rivojlanish davriga bog'liqdir. Biz go'dakligimizdan onalarimiz ovozini yordam berguvchi, tichlantiruvchi ovoz deb qabul qilganmiz.🤱 Balki shuning uchun SI ovozli yordamchilarini ayol ovozida qabul qilishimiz osonroq bo'lar.
Keling AQSHda ko'plab mijozlarga xizmat ko'rsatib kelayotgan SI ga asoslangan chatbotlar misolini ko'rib chiqamiz. Masalan, NewWest Bank o'z mijozlariga xizmat ko'rsatish uchun "Emma"- ayol ovoziga ega bot xizmatidan foydalanadi va bankga taaluqli barcha savollarga mijozlar undan javob olishadi. Emma jahli chiqib turgan mijozlarni tinchlantirish va ularga aniq va tushunarli javob berishning ham uddasidan chiqadi.👏
Yana bir misol "Amelia" bo'lib, u turli xil biznes sohalarida, shuningdek sug'urta kompaniyalari va sog'liqni saqlash organizatsiyalarida o'z xizmatini ko'rsatib kelmoqda. Amelia esa o'zining ovozi bilan har qanday ta'bga ega mijozlarda iliq taassurot qoldirib kelmoqda.

Hattoki Google Assistent ham turli xil ovoz takliflarga ega bo'lsada, ko'plab hududlarda "default" holatida ayollar ovozidan foydalanishadi. Bu shunchaki tasodif emas, albatta o'z sabalariga ega qarordir.
Ayol ovozli SI assistentlarining afzalliklari ko'p bo'lsada, turli xillikni oshirish maqsadida kompaniyalar ham ayol, ham erkak ovozidagi assistentlar, chatbotlar bilan boyitishmoqda. Shu yerda bir qiziq ma'lumot bilan ham bo'lishib ketsam, turli xillikni oshirish uchun Google "Q" deb nomlanuvchi ayolga ham, erkakka ham taalluqli bo'lmagan, bir jinsga ixtisoslashmagan ovoz turini ham ishlab chiqdi. Albatta eshitib ko'ring! (menimcha ko'proq erkak ovoziga o'xshaydi🙃)
Mana maqolada nega SI assitentlariga ayollar ismlari berilishi haqida ham bilib oldik. Ehh.. Kelajakda bizni SI ovozli assistentlar olamida yana nimalar kutib turibti ekan-a? Bu kabi qiziq ma'lumotlarga ega bo'lishni xohlasangiz @AIshaCommunity sahifamizni kuzatishda davom eting!
